Bugun mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy davlat attestatsiyasiga start berildi.
Mazkur jarayonda qizlar yengil atletika, gimnastika, basketbol, o‘g‘il bolalar esa yengil atletika, futbol: futbol to‘pini “aut” dan o‘yinga kiritish bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.
Umumtaʼlim maktablarida ushbu jarayonni uyushqoqlik bilan yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Unda 9-sinf o‘g‘il-qizlari faol ishtirok etdi.