Maktabgacha va maktab ta`limi, Raqamli texnologiyalar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining raqamlashtirishga mas'ul mutaxassislari ishtirokida aholimizga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://t.me/MyGovUz)orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko'lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
✅️ Aholimizga quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:
💻 Maktab o'quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati
💻 O'quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko'chirish xizmati
💻 Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati
💻 Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati
💻 Talabalarga ta'lim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.
🎓 Bog'cha, Maktab, Oliy ta'lim tizimlarida - yangi elektron xizmatlarni joriy qilish bo'yicha takliflaringiz bo'lsa izohda qoldiring (https://t.me/rkarimjonov/1536). Takliflaringiz tahlil qilinib, foydali va qulay bo'lgan xizmatlarni joriy etish choralarini ko'ramiz.
Ta'lim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan foydalanish uchun ushbu havola orqali o'ting - Ta'lim sohasida elektron xizmatlar (https://my.gov.uz/uz